Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Nega suvni ikki marta qaynatib bo‘lmaydi?

Nega suvni ikki marta qaynatib bo‘lmaydi?

Suv hayot manbai bo‘lib, organizmimizning 80 foizini tashkil qiladi (go‘daklarda 90 foiz). Shunday ekan, uning sifatiga eng kuchli talablarni qo‘llash lozim.

Afsuski, uylarimizga vodoprovod tizimi orqali keladigan suv nafaqat foydali xususiyatlarga ega, bundan tashqari, uning tarkibida xlor elementlari, turli og‘ir birikmalar va zararli aralashmalar mavjud – ular bilan eng zamonaviy filtrlar ham kurasha olmaydi. Yerosti buloq suvlari ham, mutaxassislar fikricha, bugungi kunda tuproqlarning ifloslanishi natijasida kristall tozaligini kafolatlamaydi. 

Iste’mol suvini zararsizlantirish va sifatini yaxshilashning eng asosiy usuli doim uni qaynatish bo‘lgan, bunda ko‘pchilik bakteriyalar o‘lib ketadi, xlor miqdori kamayadi, suv yumshoqroq bo‘ladi.

Ammo ko‘p sonli tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qaynagan suvda og‘ir metallar yo‘qolmaydi, xlorning ba’zi tuzilmalari esa boshqa elementlar bilan aloqaga kirishib, juda zararli moddalarga aylanadi.

Agar ko‘pchilik ofis va tashkilotlardagi singari bir suvni bir necha bor qaynatsa, organizm uchun bunday xavfli birikmalar konsentrasiyasi har safar oshadi, kislorodning foydali birikmalari minimum darajaga tushadi. Boshqacha aytganda, “tirik” va (nisbatan) foydali suv – o‘lik va zararli suvga aylanadi.

Kiritildi: 19:39 17.11.2019. O'qildi: 6207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!