Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Nega kayfiyatingiz yo‘q..?

A A A
Nega kayfiyatingiz yo‘q..?

Hazrati Ibrohim Xalilulloh singari olovga otdilarmi sizni..?

Hazrati Yusuf alayhissalom singari chuqurlarga tashladilarmi..?

Ayyub payg‘ambar kabi badaningizni yaralar qopladimi..?

Hazrati Yoqub alayhissalom kabi sevikli farzand dog‘ida ko‘r bo‘ldingizmi..?

Yunus alayhissalom singari dengizga tashlab yuborildingizmi..?

Nimadan norozisiz..?

Hazrati Muhammad sollalohu alayhi va sallam kabi toshbo‘ron qilindingizmi..?

Poyabzalingiz boshingizdan oqqan qonlarga to‘ldimi..?

Namoz o‘qiyotganingizda boshingizdan iflos qorin ag‘dardilarmi..?

Tishingizni sindirdilarmi..?

Yuzingizga tupurdilarmi..?

Hijratga ketish majburiyatida qoldingizmi..?

Hazrati Hamza roziyallohu anhu kabi quloq-burningiz kesildimi..?

Yuragingiz sug‘urib olindimi..?

Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu singari qo‘llaringizni kesdilarmi..?

Bilol roziyallohu anhu kabi qizigan qumlarga ko‘mib, ustingizga cho‘g‘day toshlarni bostirdilarmi..?

Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu singari badaningiz qilich va xanjarlar zarbidan ilma-teshik bo‘ldimi..?

Hazrati Ali, hazrati Umar, hazrati Usmon roziyallohu anhu singari xanjarlandingizmi..?

Unda nega avzoyingiz buzuq..?

Nega asabiysiz..?

Agar rizq vajidan bo‘lsa, o‘zingizni bosing..!

Bandalarining rizqi Yaratganning zimmasidadir..!

Agar dunyo vajidan bo‘lsa, dahri dunning bor mulki Shaytonga oidligini eslang..!

Qayg‘ursangiz, Allohga loyiq qul, Muhammad alayhissalomga munosib ummat bo‘lolmayotganingizga qayg‘uring...

Qayg‘ursangiz, insoniylikning o‘ldirilishiga indamay qarab turganingiz vajidan qayg‘uring...

Qayg‘ursangiz, kichik amallaringizdan quvonib, katta ayblaringizdan g‘ofil qolayotganingizga qayg‘uring...

Qayg‘ursangiz, o‘zingiz amal qilmayotgan nasihatlaringiz, o‘z hayotingizga tadbiq etilmayotgan loflaringiz vajidan qayg‘uring...

Oyoqda mustahkam turgan gunohlaringiz, hilviragan tavbalaringiz uchun qayg‘uring... Boshqa qayg‘ularga yo‘l bo‘lsin...

Norozilikning davosi-tavba...

Hazrati Odam alayhissalom bir gunoh uchun ikki yuz yil tavba qilgan edilar.

Yaratgan bandasiga toqatidan tashqari qiyinchiliklarni yuklamas. Shu qiyinchiliklar, azoblar bo‘lmasaydi, biz uchun oxiratda xushnudliklar bo‘lmasdi...

Internet sarhadlaridan...

Kiritildi: 11:42 04.09.2018. O'qildi: 2648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik