Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nega AQSh xalqi prezidentni seshanba kuni saylaydi?

A A A
Nega AQSh xalqi prezidentni seshanba kuni saylaydi?

Butun dunyoda saylovlar va referendumlar yakshanba kuni o‘tkaziladi. Ammo an’analariga sodiq va konservativ amerikaliklar bundan mustasno — bugun, 5 noyabr seshanba kuni ular davlat rahbarini saylashmoqda.

Qo‘shma Shtatlarda katta saylovlar doim seshanbaga to‘g‘ri keladi.

AQSh XIX asr o‘rtalarida agrar mamlakat bo‘lgan, fermerlar saylov uchastkasigacha ancha olis yo‘lni ot-aravalarda bosib o‘tishgan.

U paytlarda shanba ish kuni edi, yakshanbada cherkovga borishgan, chorshanba — bozor. Birgina seshanba bo‘sh kun edi.

Noyabrning ilk seshanbasida prezidentni saylash o‘sha paytlardan qolgan an’ana.

Ammo bugun yo ertaga ham kim prezident bo‘lganini bilolmaymiz. Chunki bu Amerika, saylov tizimi — o‘xshashi yo‘q, murakkab va uzoq jarayon.

Dekabrda saylov estafetasiga har bir shtatdan ovoz beruvchi vakillar — jami 538 kishi qo‘shiladi, bo‘lg‘usi prezident ularning kamida 270 ta ovozini to‘plashi shart. Aholisi soniga qarab ovoz beruvchi vakillar soni shtatlarda har xil: Kaliforniyada — 54, Texasda — 40 nafar, aholisi kam Alyaska, Vayoming, Vermont, Delaver, Shimoliy Dakota va Janubiy Dakota atigi uch nafardan ovoz beruvchiga ega.

Dekabrning ikkinchi chorshanbasidan keyingi seshanba kuni — 17 dekabrda hamma shtatlar poytaxtlarida g‘alaba qozongan nomzodning partiyasi vakillari — yuqoridagi ovoz beruvchi vakillar o‘ziga ma’qul nomzodga ovoz beradi va natijalar Kongress Senatiga taqdim etiladi.

G‘olib nomi 2025 yil yanvarida e’lon qilinadi.

Kiritildi: 00:20 06.11.2024. O'qildi: 1953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!