Brent neftining narxi bir barrel uchun 112 dollardan oshdi.
Bu o‘sishga Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat sabab bo‘lmoqda. Avvalroq Eron energetika ob’ektlariga hujum qilganini tasdiqlagan edi.
Holatga ko‘ra, infratuzilmaga qilingan hujumlar ortidan vaziyat yangi bosqichga o‘tgani ta’kidlanmoqda.
Natijada global bozorda neft narxlari o‘sishi va energetika sohasida beqarorlik kuchayishi kutilmoqda.