Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, shu yilning 30 iyun kuni fuqarolar J.X. (2004 yilda tug‘ilgan qiz bola) hamda T.D (2006 yilda tug‘ilgan qiz bola) Navoiy shahridagi istirohat bog‘idagi o‘zlariga notanish bo‘lgan 4 nafar voyaga yetmagan qizlar (2010, 2011, 2012 yillarda tug‘ilgan) bilan karuselda uchish vaqtida o‘zaro nomunosib muomala tufayli janjal yuzaga kelib, J.X. va T.D. qizlarni kaltaklagan.
Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijasi yuzasidan qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi.