Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda qonunbuzar "zargar" qo‘lga olindi

Navoiyda qonunbuzar "zargar" qo‘lga olindi

Joriy yilning 11 fevral kuni Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish Departamentining Xatirchi tuman bo‘limi, IIB, DXX xodimlari tomonidan fuqaro O.Qulmurodovaning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Xatirchi tumanida zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi S.Xafizov tomonidan faoliyati davomida aholi tomonidan olib kelib topshirilgan tarkibida oltin bo‘lgan zargarlik buyumlarini olib qolib, ularni qo‘lbola usulda eritib, 4 ta bo‘lakda jami og‘irligi 192,0 gramm bo‘lgan 999 probali oltin parchalarini O‘zbekiston Respublikasining 22.10.2019 yildagi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga zid ravishda, noqonuniy tarzda boylik orttirish va foyda ko‘rish maqsadida, fuqaro O.Qulmurodovaga
8.000 AQSh dollari va 13.587.000 so‘mga (jami 91.761.188 so‘mga baholangan) sotayotgan vaqtida ushlanib, valyuta qimmatliklari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga oshirilgan.

Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudida sudlanuvchi S.Xafizovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud muhokamasida sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.

Sud majlisida sudlanuvchining qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani, sodir qilgan jinoyatining huquqiy oqibatlarini to‘liq anglab yetganligi, hozirda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani inobatga olib, sud S.Xafizovga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlashni lozim topdi. Sud S.Xafizovga to‘g‘ri yo‘ldan yurishi, huquqbuzarlik va kelgusida jinoyat sodir etmasligi uchun yana imkon berdi.

Qilmishidan to‘g‘ri xulosa chiqarish esa, albatta, uning o‘ziga havola...

 

J.Karimov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudining raisi

         

Kiritildi: 13:46 12.06.2020. O'qildi: 1898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!