Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Navoiyda ona 6 yashar bolasini ayovsiz kaltakladi

Navoiyda ona 6 yashar bolasini ayovsiz kaltakladi

Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi F.F o‘zining 2014 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi F.Jni ojizligini bila turib, tanasining turli qismlariga qo‘llari va o‘tmas jismlar bilan urib, muttaasil do‘pposlagan va hovlisiga qamab, turli yo‘llar bilan qiynagan

Karmana tumani STEBning xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan F.Jda bosh miya chayqalishi, burun suyagining sinishi, bosh ensa, yuz, lunj, ikkala yelka, bilak va qo‘l kafti ikkala boldir sohasi yumshoq to‘qimalarining va teri osti gematomalari so‘rilish bosqichi, burun qirrasi, o‘ng qo‘l yelka, tirsak bo‘g‘imi, o‘ng qo‘l kaft tashqi yuzasi, chap qo‘l bilak bo‘g‘imi, tirsak, chap ko‘z pastki qovoq, chap tomon ko‘krak qafasi 9-10-qovurg‘alar proyeksiyasi, chap tomon dumba, o‘ng oyoq tizza, boldir, kaft, chap oyoq tizza, boldir sohalardagi qontalashlar, bosh ensa sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, shu sohadagi shilinma, bosh ensa yuqori qismidagi, o‘ng qo‘l va o‘ng oyoq kaft sohalaridagi shilinma kabi jarohatlari bilan sog‘liqni buzilishiga olib kelgan tan jarohati yetkazganligi aniqlanib, F.Fga Jinoyat kodeksi 110-moddasi 2-qismining “a,v“ bandlari bilan 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 14:24 06.02.2020. O'qildi: 3254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!