Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda gaz nazoratchisi bojasining uyiga o‘g‘rilikka tushdi

Navoiyda gaz nazoratchisi bojasining uyiga o‘g‘rilikka tushdi

Xalqimizda “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan so‘ng ham chiqadi” degan purxikmat naql bor. Albatta, ayni naql juda topib aytilgan. Kundalik hayotimizda bunga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi F.Qahhorovning "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, Navoiy viloyati, Konimex tumanida yashovchi, oliy ma’lumotli Aqlboyev Do‘stumjon Zikrilloyevich (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) “Zirabuloq” gaz quvurlari boshqarmasi Oqtosh tumani filialida nazoratchi vazifasida ishlashiga qaramasdan  o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, moddiy naf ko‘rish maqsadida, 2019 yilning 25 iyul kunidan 26 iyul kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 01:30larda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Konimex tumani, “Navro‘z” MFYda yashovchi Aqlboyev Do‘stumjon Zikrilloyevichning bojasi fuqaro Odinayev Tillajon Baxshullabekovich (ism familiyasi o‘zgartirilgan)ning yashash xonadoniga xonadon orqa temir panjarali eshigi ustidan oshib o‘tish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ushbu xonadonning yotoqxonasida turgan sport sumkasi ichidan unga tegishli bo‘lgan jami 13.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Konimex tumani IIB tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlaridan so‘ng o‘g‘rilik jinoyatini o‘zining bojasi Aqlboyev Do‘stumjon Zikrilloyevich qilganligi fosh bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan Aqlboyev Do‘stumjon Zikrilloyevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, oylik ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

 

 

Kiritildi: 17:56 15.06.2020. O'qildi: 2517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!