Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Navoiyda bir kunda ikkita ota jazolandi

Navoiyda bir kunda ikkita ota jazolandi

MIB Navoiy shahar bo‘limining ish yurituvida mavjud bo‘lgan ijro ishlaridan bir kunning o‘zida ikki nafar o‘z farzandlarining taqdiriga befarq bo‘lgan otalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47 (4)-moddasiga ko‘ra 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llash bo‘yicha ijro harakatlari olib borilishi natijasida qarzdorlarning har ikkalasiga Navbahor tuman ma’muriy sudining 13.03.2019 yildagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47 (4)-moddasiga ko‘ra 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Jumladan, FIB Karmana tumanlararo sudining 2.06.2018 yildagi hal qiluv qaroriga ko‘ra qarzdor I.Po‘latovdan (Ism-sharifi o‘zgartirilgan) da’vogar K.Rasulovaga undirilishi kerak bo‘lgan, aliment pullari o‘z vaqtida to‘lanmay, 01.03.2019 yilga qadar 2 426 000 so‘mni tashkil qilgan. Qonunchilikdagi o‘zgarishlar va MIB Navoiy shahar bo‘limi davlat ijrochisining olib borgan ijro harakatlari natijasida Navbahor tuman ma’muriy sudining 13.03.2019 yildagi qaroriga asosan javobgar I.Po‘latovga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47 (4)-moddasiga ko‘ra 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 12:12 20.03.2019. O'qildi: 2088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!