2018 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi Stokgolmdagi Konsert zalida o‘z yakuniga yetdi, deya ma’lum qildi RIA Novosti nashri.
U yerda tibbiyot yoki fiziologiya, fizika, kimyo va iqtisod yo‘nalishlari bo‘yicha mukofotlar o‘z sohiblariga topshirildi.
Shvesiya qiroli Karla XVI Gustav qo‘lidan diplom va medallarni fiziologiya yoki tibbiyot yo‘nalishi sovrindori Jeyms Allison (AQSh) va Tasuku Xondzyo (Yaponiya), fizika bo‘yicha Artur Eshkin (AQSh), Jerar Muru (AQSH/Fransiya) va Donna Strikland (Kanada) qabul qilib oldilar.
Kimyo yo‘nalishida Frensis Arnold (AQSh), Jorj Smit (AQSh) va Gregori Vinteru (Buyuk Britaniya) mukofotlandi. Iqtisod bo‘yicha Nobkl mukofoti esa amerikalik professor Vilyam Nordxaus va Pol Romerga topshirildi.
Har bir yo‘nalishdagi Nobel mukofotining summasi 9 million Shvesiya kronasi (1 million dollar)ga teng bo‘ldi.