Minchenko Consulting rahbari, siyosatshunos Evgeniy Minchenkoga ko‘ra, NATOning parchalanishi bo‘yicha xavotirlar asossiz. Uning aytishicha, AQSh prezidenti Donal Trampning “tinchlik rejasi” atrofidagi bayonotlar amalda Yevropa davlatlariga bosim o‘tkazish vositasi, xolos.
Minchenko Lenta.ruga bergan izohida shunday dedi:
“Albatta, NATOning qulash xavfi yo‘q. Bu — Trampning Yevropa mamlakatlarini o‘z siyosiy dasturiga bo‘ysundirish urinishi.”
Siyosatshunos Trampning bayonotlari NATOdagi ixtiloflarga olib kelmasligini, aksincha, u ichki siyosiy maqsadlar yo‘lida ritorik bosim usulidan foydalanayotganini ta’kidladi.