NATO mamlakatlari blokning sharqiy chegarasidagi shartli davlat bilan mojaroni simulyasiya qiluvchi harbiy mashqlar o‘tkazdi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
Mashqlar ssenariysiga ko‘ra, Shvesiyaning Gotland orolida sabotaj oqibatida elektr energiyasi uzilishi va oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat sinovdan o‘tkazilgan. Shuningdek, NATO nizomining 5-moddasi ishga tushishidan oldin a’zo davlatlar qanday harakat qilishi mumkinligi baholangan.
Shvesiya kontr-admirali Yonas Vikstryomning ta’kidlashicha, ushbu ssenariy «nazariy jihatdan ertaga ham sodir bo‘lishi mumkin».