Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

NATO Italiyada yadroviy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi

NATO Italiyada yadroviy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi

Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.

Ushbu mashg‘ulotlar avgust oyida Kaliningrad yaqinida o‘tkazilgan ittifoqchilar harbiy mashg‘ulotlaridan so‘ng Rossiya tomonidan NATO hududiga zarba berish (jumladan, yadroviy qurollardan foydalanish ehtimoli haqidagi) tahdidlari yangragan bir paytda tashkil etilmoqda.

Alyansning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlarning maqsadi — harakatlarning noto‘g‘ri talqin qilinishi yoki Rossiya bilan munosabatlarning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymagan holda, yadroviy kuchlarning shayligini saqlab qolishdir.

Shimoliy Atlantika alyansi Moskvani bo‘lajak yadroviy tiyib turish mashqlarining go‘yoki xavfsizligiga ishontirishga harakat qilmoqda. Gap 13 oktyabrdan 23 oktyabrgacha Italiyada bo‘lib o‘tadigan Steadfast Noon mashg‘ulotlari haqida bormoqda.

"Alyans va Moskva o‘rtasidagi munosabatlardagi yuqori keskinlik fonida NATO Rossiyani Italiyadagi yadroviy kuchlarning bo‘lajak mashg‘ulotlari xavf tug‘dirmasligiga ishontirishga intilmoqda," - deb yozadi Politico nashri.

Shu bilan birga, alyansning yadro siyosati bo‘yicha direktori Nasima Barrouzning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar boshqa davlatlar uchun ham xavotirga o‘rin qoldirmaydi.

Kiritildi: 20:19 09.10.2026. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!