Finlyandiyaning Pirkkala shahri NATOning uchuvchisiz razvedka uchish apparatlari uchun vaqtinchalik bazasi bo‘ladi.
Bu haqda Finlyandiyaning Yle davlat teleradiokompaniyasi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, dronlarning Pirkkaladagi sinovlari iyun oyida boshlanadi. Ayni paytda bu yerda vaqtinchalik baza uchun zarur bo‘lgan tizimlar qurilmoqda. Dronlarni boshqarish uchun tayyorlangan mutaxassislar kerak.
Finlyandiyada dronlarni joylashtirish, xususan, Norvegiyaning dengiz hududlarini kuzatish imkonini beradi.
Teleradiokompaniyaning ta’kidlashicha, vaqtinchalik bazani yaratish Rossiyaga NATO tomonidan Finlyandiya xavfsizligiga sarmoya kiritish bo‘yicha signal hisoblanadi.