NATO Bosh kotibi Mark Ryutte 22-24 sentyabr kunlari Ayova va Nyu-York shtatlariga tashrif buyuradi.
NATO shtab-kvartirasi ma’lum qilishicha, Ryutte 22 sentyabrda Ayova shtati gubernatori Kim Reynolds bilan uchrashadi hamda Chikagodagi Global ishlar kengashi tadbirida nutq so‘zlaydi.
Ayova shtatida NATO Bosh kotibi shtat Milliy gvardiyasining Qo‘shma shtabiga ham tashrif buyuradi.
23 sentyabrda Ryutte BMT Bosh Assambleyasining 81-chi sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka yo‘l oladi.
Tashrif doirasida jahon yetakchilari va yuqori lavozimli amaldorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
24 sentyabrda NATO Bosh kotibi 11 sentyabr memoriali va muzeyi tomonidan tashkil etilgan xotira tadbirida nutq so‘zlaydi.