Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

NATO bosh kotibi bayonot berdi

NATO bosh kotibi bayonot berdi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari va Ukraina prezidenti ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng bayonot berdi

Stoltenbergning bayonotidan asosiy iqtiboslar:

◾️Ittifoqchilar o‘zlarining qurol omborlariga yaxshiroq razm solishlari va u yerdan snaryadlarni chiqarishlari kerak;

◾️NATO Ukrainaning Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga zarbalarini qonuniy deb hisoblaydi;

◾️NATO davlatlari tavakkal qilib bo‘lsa-da, o‘z mudofaasi uchun zarur bo‘lgan qurollarni ham Kiyevga yuborishlari kerak;

◾️Chexiya bizni Ukraina uchun yarim million snaryad sotib olgani haqida xabardor qildi;

◾️NATO davlatlari Ukrainaga mojaro ishtirokchisi bo‘lmasdan turib uni himoya qilish uchun yordam berishga haqli;

◾️Alyans hozirda ittifoqchilarning birortasiga qarshi turli darajadagi harbiy tahdidlar yo‘qligini ko‘rmoqda. NATOning muhim to‘xtatuvchi jihati shundaki, alyansning bir a’zosiga qilingan hujum uning barcha a’zolariga hujum deb hisoblanadi;

◾️NATO mudofaa vazirlari Ukrainani havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashga kelishib oldilar. Yetkazib beriladigan havo hujumidan mudofaa tizimlarining turlari va soni yaqin orada e’lon qilinadi;

◾️Patriot havo mudofaa tizimidan tashqari, ittifoqchilarda Ukrainaga berishi mumkin bo‘lgan boshqa qurollar, jumladan, Fransiyaning SAMP/T tizimi ham mavjud;

◾️Havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan davlatlar ularni sotib olish uchun moliyaviy yordam ajratishni va’da qilishdi.

Kiritildi: 22:30 19.04.2024. O'qildi: 2345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!