NATO Arktika mintaqasida Cold Response («Sovuq javob») nomli yirik harbiy mashqlarni o‘tkazmoqda.
Mashqlar 9 martdan 19 martgacha Norvegiya va Finlyandiyaning shimoliy hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Ularda AQSH, Daniya hamda jami 14 ta davlatdan taxminan 25 ming nafar harbiy ishtirok etmoqda.
Mashqlar Arktika sharoitida qo‘shinlarning hamkorligi va harbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan.