Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

NASA: Amerika kemasi Oyga muvaffaqiyatli qo‘ndi

NASA: Amerika kemasi Oyga muvaffaqiyatli qo‘ndi

Amerikaning “Odisseys” xususiy fazo kemasi Oyning janubiy qutbi yaqiniga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb xabar tarqatdi NASA.

“Mashinamiz Oydaligini tasdiqlash mumkin, chunki signal olyapmiz, “Odisseys” yangi manzil topdi”, – dedi parvoz direktori translyasiya vaqtida.

15 fevral kuni Yerdan uchirilgan kosmik kema avtonom tarzda qo‘ndi. Parvozni boshqarish markazi bilan aloqa yo‘qolgach, qo‘nishning taxminiy vaqtigacha hammasi muammosiz kechdi. Signalni tiklash va qo‘nish faktini tasdiqlash uchun taxminan o‘n daqiqa kerak bo‘ldi.

NASA ma’muri Bill Nelson missiyaga “g‘alaba” deya ta’rif berdi va “Intuitive Machines” ishlab chiqish kompaniyasi, “SpaceX” uchirish operatori va AQShning Oy yuzasiga qaytishi missiyasida ishtirok etgan barchani tabrikladi. Amerika mashinasi sayyoramizning tabiiy yo‘ldoshiga oxirgi marta 1972 yil dekabrda qo‘ngan edi.

“Intuitive Machines” tomonidan NASA bilan tuzilgan shartnoma asosida yaratilgan “Odisseys” parvozi AQShning keyingi bir necha yil ichida Oyga qaytish, yo‘ldoshga xalqaro ekipaj qo‘ndirish maqsad qilingan “Artemida” – oy stansiyasini qurish dasturi doirasidagi muhim voqea hisoblanadi.

Kiritildi: 08:27 24.02.2024. O'qildi: 1353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!