Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Naomi Kempbell 50 yoshida ona bo‘ldi

A A A
Naomi Kempbell 50 yoshida ona bo‘ldi

Britaniyalik supermodel, aktrisa va qo‘shiqchi Naomi Kempbell 50 yoshida ona bo‘ldi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Kichik farishta ona sifatida meni tanladi. Bunday kichkintoyning onasi bo‘lish men uchun katta sharafdir. Bundan kuchliroq sevgi yo‘q ", deb yozgan Kempbell.

Kempbell boshqa tafsilotlarni oshkor qilmadi.

Kempbell U2 bassisti Adam Kleyton bilan unashtirilgandi, biroq bir yildan so‘ng juftlik ajrashgan. Keyinchalik model aktyor Leonardo Di Kaprio bilan, keyin yesa Formula 1 haydovchisi Flavio Briatore bilan munosabatlarni boshladi, ammo keyin u bilan ham ajralgan.

Kiritildi: 21:55 19.05.2021. O'qildi: 2956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik