Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Namangandagi tungi reydda qonunbuzarlar "qo‘lga tushdi"

Namangandagi tungi reydda qonunbuzarlar "qo‘lga tushdi"

Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Namangan shahar inspeksiyasi xodimlari tomonidan noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tungi reydlar o‘tkazildi. 
Unda Namangan shahar «A.Navoiy», «A.Xo‘jayev», «S.Adashev», «Mustaqillikning 5 yilligi», «Oltinvodiy», «Uychi» ko‘chalari hududiga I.Rustamov, Z.Jalolov, I.Ulug‘xo‘jayev, I.Jamolov, X.Mirzarahimov A.Mahmudjonovlar tomonidan maishiy chiqindilar to‘la xaltalar, qoplar belgilanmagan joyga tashlangani aniqlandi. Bunda fuqarolar inspektorlar tomonidan to‘xtatib qolindi.
Ushbu holat yuzasidan 6 nafar huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 91-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, jarimalar qo‘llanildi.

Kiritildi: 15:41 22.11.2019. O'qildi: 2420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!