Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namangandagi kafeda 24 yoshli yigit pichoqlandi

Namangandagi kafeda 24 yoshli yigit pichoqlandi

IIV matbuot xizmati xabar berishicha, 18 dekabr kuni soat 22:45 da Namangan shahridagi kafe hovlisida 21 yoshli SH. X. o‘tkir kesuvchi jismni namoyish qilib, uni qo‘llab, 24 yoshli I.G‘.ni urib, tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, I.G‘.ning tanasidagi jarohatlar «qorin old devori, qorin bo‘shlig‘iga kirib boruvchi, o‘tkir predmetdan sanchilgan-kesilgan"ligi aniqlanib, ular «og‘ir» tan jarohatlari turkumiga kirishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan SH. X.ga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. So‘roq jarayonida SH. X. pichoqni kanaldagi suvga tashlab yuborganligini ma’lum qilgan.

Dastlabki tergovda, SH. X.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:25 23.12.2020. O'qildi: 2492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!