Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda tomorqasida 57 tup ko‘knori yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi

Namanganda tomorqasida 57 tup ko‘knori yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi

10 may kuni Namangan viloyati Norin tumanida o‘tkazilgan tadbirda tomorqasida ko‘knori yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Norin tumani «Tegirmonboshi» mahallasida yashovchi fuqaroning (1959 y.t.) yashash hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, u hovlidagi ekinlar orasida 57 tup ko‘knori o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasida, ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvand modda saqlovchi «ko‘knori» o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.

Holat bo‘yicha Norin tuman IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (ekish taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:20 15.05.2022. O'qildi: 1997 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!