Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Namanganda soxta prokuror qo‘lga olindi (video)

Namanganda soxta prokuror qo‘lga olindi (video)

Namangan viloyatida yashovchi fuqaro N. bir necha tuman tibbiyot birlashmalariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini viloyat prokuraturasi xodimi deya tanishtirgan. Fuqaro ularga bir qancha xizmatlar va iltimosnomalar aytib, pul ta’ma qilganida qo‘lga olingan. Bu haqda Sevimli kanalining Zamon dasturida hikoya qilinadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisi Baxtiyor Tavakkalovning aytishicha, firibgar tuman sog‘liqni saqlash boshqarmalariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini viloyat prokuraturasidan Bekzodman deb tanishtirgan, shu orqali ularning ishonchiga kirib, ularning 300 ming, 400 ming va 1,5 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pullarini olgan.

Sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 5-qismiga muvofiq, yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganidan so‘ng, jinoyatchiga 3 yilga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlagan.

Kiritildi: 18:48 11.02.2019. O'qildi: 1997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!