Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda sodir bo‘lgan falokat: rasmiy ma’lumot berildi

Namanganda sodir bo‘lgan falokat: rasmiy ma’lumot berildi

Joriy yilning 1 iyul kuni soat 07:00 larda, Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan “Pungon-Namangan” avtomobil yo‘lining 70-kilometrida haydovchi 1993 y.t. M.S. “Spark” rusumli transport vositasini Namangan yo‘nalishi bo‘yicha boshqarayotib, qoidalarni chetlab o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi 1956 y.t. R.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli hamda ushbu avtomobil ortida harakatlanib kelayotgan haydovchi 1970 y.t. S.O. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositalari bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:39 02.07.2020. O'qildi: 3306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!