Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda robototexnika va sanoat dizaynerlari tayyorlanadi

Namanganda robototexnika va sanoat dizaynerlari tayyorlanadi

Endilikda ular soni yana bittaga ortdi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Belarus milliy texnika universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, qisqa muddatli stajirovkalar tashkil qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xalqlarimiz do‘stligi ko‘p yillik tarixga ega. So‘nggi yillarda u yangi bosqichga chiqdi. Ushbu Yevropa davlati IT yo‘nalishida anchagina yutuqlarga erishgan.

 

Belarus milliy texnika universiteti 1920 yilda tashkil topgan. Xorijiy oliy ta’lim muassasasining tajribasi va yuqori salohiyatidan foydalanib Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Sanoat dizayni”, “Robototexnika” yo‘nalishlari bo‘yicha 2+2 qo‘shma dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad biznes inkubatorlar va bilimlar uzatish ofislarini yaratish, innovasion markazlar faoliyatini takomillashtirishdan iborat. Loyiha joriy yilning avgust oyida to‘liq amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Dastlabki o‘quv yili uchun 50 nafar talaba olinadi. Qo‘shma ta’lim dasturi asosida sanoat dizaynerlari, trikotaj mahsulotlari bilan ishlovchi tekstil muhandislar, axborot xavfsizligi va raqamli tizimlar bilan ishlaydigan mutaxassislar, robototexnika sohasidagi injener-texnologlar tayyorlanadi. Talabalar ikki yil Namangan muhandislik-texnologiya institutida yana ikki yil Belarus milliy texnika universitetida o‘qiydi. Bu ikki tomonlama diplom olish imkoniyatini beradi. Magistratura bosqichi bir yil bo‘lib, xohlagan davlatda ta’limni davom ettirish mumkin.

 

Bundan tashqari, hamkorlikda innovasion markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy texnologik parklarni tashkil etish, fundamental va xalqaro grantlarni o‘zlashtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 18:44 02.07.2020. O'qildi: 1906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!