Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda karantinga olingan fuqarolar haqida ma’lumot berildi

Namanganda karantinga olingan fuqarolar haqida ma’lumot berildi

Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ngan ikkita reysda Latviya va Eron davlatlaridan o‘zbekistonliklar olib kelingan. Tegishli dezinfeksiyalash ishlaridan so‘ng, yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, avtobuslarda 14 kunlik karantin uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga olib ketilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, fuqarolarning bir guruhi «Kosonsoy» sihatgohiga joylashtirilgan. Dam olish maskanida ularning belgilangan muddatda istiqomat qilishlari uchun zarur sharoitlar muhayyo etilgan.

«Karantinga olingan hamyurtlarimizning salomatligi qat’iy nazoratga olingan. Tegishli shifokorlar guruhi ish olib bormoqda. Dori-darmon va dezinfeksiyalash vositalari zaxirasi yaratilgan. Karantindagilar vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazishlari uchun sport jihozlari mavjud. Savdo xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Sihatgoh oshxonasida 3 mahal issiq ovqat berilyapti» — deya ta’kidlagan «Kosonsoy» sanatoriysi faoliyati va holati bo‘yicha mas’ul Tohirjon Turdiyev.

Avval Riga—Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot Namanganga qo‘nadi barcha yo‘lovchilar karantinga olinishi, Namangandagi bozor va do‘konlarda koronavirus sabab narx-navo o‘sib ketishining oldini olish choralariko‘rilayotgani hamda viloyatdagi masjidlarda diniy marosimlar vaqtincha to‘xtatilgani, ularning to‘liqdezinfeksiyadan o‘tkazilishi haqida xabarlar berilgan.

Kiritildi: 08:05 18.03.2020. O'qildi: 4239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!