Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Namanganda jinoyatchi 21 yoshli ayol bo‘lib chiqdi

Namanganda jinoyatchi 21 yoshli ayol bo‘lib chiqdi

28 dekabr kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 11:30 larda xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma’lum shaxs, eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, narxi 1.300.000 so‘mlik “Vesta” rusumli televizorini, 1.100.000 so‘mlik tovarlari, 750.000 so‘mlik drel va bolgarkasini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 09:42 03.01.2021. O'qildi: 6404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!