Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Namanganda “gazzapravka” yonib ketdi

Namanganda “gazzapravka” yonib ketdi

Bugun, 2 oktyabr kuni Namangan tumanida Avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSh) da yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Soat 00:13 da Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Namangan tumani “Qurama” mahalla fuqarolar yig‘ini Qorasuv ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Zamin Metal Sanoat” MCHJga qarashli 1-AGTKShda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga Namangan tuman va Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari yetib borgan hamda yong‘in soat 00:27 da qurshab olingan va soat 00:45 da o‘chirildi.

Yong‘in natijasida shaxobchani birinchi gaz quyish uskunasi va shift qismida 40 kv.metr joyi yonib zararlangan. Yong‘in natijasida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Hozirda yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

https://t.me/fvbnamangan/4076

Kiritildi: 09:44 02.10.2021. O'qildi: 2172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!