Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda “Damas” soyga tushib ketdi

A A A
Namanganda “Damas” soyga tushib ketdi

“Damas” haydovchisi mashinani orqaga qaytarib olmoqchi bo‘lgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, soyga tushib ketgan.

Namangan viloyati Pop tumanida “Damas” avtomobili ehtiyotsizlik oqibatida soyga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

"Chodak" MFY hududida “Damas” haydovchisi mashinani orqaga qaytarib olmoqchi bo‘lgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, soyga tushib ketgan. Mashinada yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Hodisa oqibatida avtomashina texnik shikastlangan. YHXB xodimlari haydovchiga yordam ko‘rsatishgan. Haydovchi jiddiy tan-jarohati olmagan.

Kiritildi: 18:34 24.07.2022. O'qildi: 3130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!