Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Namanganda brigadir obodonlashtirishda ishlaydigan ayoldan pora talab qildi

Namanganda brigadir obodonlashtirishda ishlaydigan ayoldan pora talab qildi

Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limiga Namangan shahar obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli 3-hududda ish olib boruvchi ayol ariza bilan murojaat qildi.

Ayol o‘z arizasida Namangan shahar obodonlashtirish boshqarmasi obodonlashtirish ob’ektlarini saqlash uchastkasi brigadirlaridan biri  undan ishga chiqmay maosh olib yurishi va ish staji davom etishi evaziga 100 AQSh dollari miqdorida pora so‘raganini bayon etgan edi. Arizaga asosan o‘tkazilgan maxsus tadbir jarayonida brigadir pora olayotgan vaqtda xolislar ishtirokida qo‘lga olindi.

Kiritildi: 14:01 26.07.2020. O'qildi: 2966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!