Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda aka ukasining qilmishi haqida inspektorga xabar berdi

Namanganda aka ukasining qilmishi haqida inspektorga xabar berdi

Namangan viloyati. 2021 yilning 10 yanvar kuni soat 18:30 da noma’lum shaxs transport vositasini olib qochish maqsadida, Yangiqo‘rg‘on tumani “Beshbuloq” mahallasida bo‘la turib, fuqaro 30 yoshli Abduxomid A., tomonidan o‘ziga tegishli “Nexia-2” rusumli avtomashinasini yashash xonadoni oldida orqa oynasi ochiq holda qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, qonunga xilof ravishda ushbu avtomashinani boshqarib, noma’lum tomonga olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur “Nexia-2” rusumli avtomashina fuqaro 41 yoshli Yoqubjon M., tomonidan olib qochilganligi, u mast holatda avtomashinani boshqarib o‘zining yashash manziliga olib borib qo‘yganligi ko‘rgan Yoqubjon M.,ning akasi Nizomjon M., o‘zining fuqarolik burchini anglagan holda darhol hudud profilaktika inspektoriga bu haqda ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yoqubjon M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 13:23 16.01.2021. O'qildi: 4111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!