Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda 9 yashar bola traktor tirkamasiga osilib, vafot etdi

Namanganda 9 yashar bola traktor tirkamasiga osilib, vafot etdi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida traktor tirkamasiga osilgan 9 yoshli bola vafot etdi, deb xabar bermoqda  Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

Hodisa 13 oktyabr kuni soat 22:30 larda sodir bo‘lgan.

"Yangiyer-Uchqo‘rg‘on" yo‘lining 3-kilometrida 53 yoshli fuqaro fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan "MTZ-80" traktorini tirkama ulagan holda harakatlanib ketayotgan vaqtida, 3-sinfda o‘qigan, 9 yoshli bolakay traktor tirkamasining orqa tomonidan osilib, yerga yiqilib tushgan.

Natijada, bola bosh va jag‘ qismidan tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:35 15.10.2020. O'qildi: 2164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!