Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda 80 yashar onaxon koronavirusdan tuzaldi

Namanganda 80 yashar onaxon koronavirusdan tuzaldi

Ayni soatlarda Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (4 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari Uychi tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 80 yoshli onaxon bo‘lsa, eng yoshi kichiga 14 yoshda. Viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar 233 nafar bo‘lsa, endilikda ular 240 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 9 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, bugun 40 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2532 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 3089 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, mamlakatimizning 7 ta hududida jami 544 nafar bemor davolanmoqda.  
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 19:42 23.05.2020. O'qildi: 2100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!