Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda 7 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi 

Namanganda 7 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi 

Bugun Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib,  reabilitasiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning 2 nafari Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (3 nafari Namangan shahridan, 2 nafardan Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 15 yosh.
Viloyatda shu paytga qadar 207 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 214 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2254 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 12:05 18.05.2020. O'qildi: 2465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!