Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Namanganda 61-Xalqaro gullar festivali boshlandi

Namanganda 61-Xalqaro gullar festivali boshlandi

Bugun - 2022 yil 22 may kuni Namanganda go‘zallik va nafosat ayyomi - 61-Xalqaro gullar festivali boshlandi.

15 kun davom etadigan an’anaviy bayram ayni daqiqalarda Namangan xalqaro aeroportidan Gullar avtoparadi bilan start oldi!

Dunyoning manaman degan mamlakatlari parad orqali o‘z harbiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilayotgan bir davrda bizning tinchliksevar O‘zbekistonimizning gullar shahri - Namanganda gullar avtoparadi orqali go‘zallik butun jahonga tarannum qilinmoqda.

Avtoparaddan o‘rin olgan turli transport texnikalaridagi ajoyib xalqlar do‘stligi kompozisiyasi Xitoy, Yaponiya, Koreya, Turkiya, Rossiya, Hindiston kabi xorijiy mamlakatlardan kelgan mehmonlar va jurnalistlarning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Kiritildi: 11:29 22.05.2022. O'qildi: 4131 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!