Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Namanganda 3 ta avtomashina to‘qnashdi!

Namanganda 3 ta avtomashina to‘qnashdi!

2020 yil 15 sentyabr kuni soat 11:00 larda, Baliqchi-Jomashuy-Pungon yo‘lining 31 km.da, Mingbuloq tumani Qo‘riqobod MFY hududida, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Chust tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasini orqa qismiga urilib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashinasi haydovchisi 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya chayqalishi, chap oyoq chap tizza sohalari yirtilishi hamda shu avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya chayqalishi, ikkala oyoq boldir sohalari shilinishi tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qilganlar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 6 oktyabr kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 12:02 10.10.2020. O'qildi: 2902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!