Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Namangan ko‘chalarini suv bosdi (VIDEO)

A A A
Namangan ko‘chalarini suv bosdi (VIDEO)

Bo‘lib o‘tgan kuchli yomg‘irdan so‘ng Namangan shahrining ayrim ko‘chalarini suv bosdi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabar qilmoqda. 

"Namanganliklar" guruhida tarqalgan videoga ko‘ra, kecha yoqqan yomg‘ir oqibatida ko‘chalarning birida suv to‘lgan. Natijada avtomobillar o‘tishga qiynalmoqda.

“Namangan shahar “O‘n bir Ahmad” tarafdagi temir yo‘li ko‘prigi tarafdan moshinalar o‘tishga qiynalmoqda. Tavakkal qilib o‘taman desangiz, o‘tavering, lekin yo‘lning o‘rtasiga kelib o‘chib qolish xavfi bor”, deb yozgan video muallifi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida, hatto poytaxt Toshkentda ham tartibsiz qurilgan binolar tufayli ariqlar berkilib qolgani, drenaj tizimi noto‘g‘ri qurilgani yoki shikastlangani tufayli yomg‘irdan so‘ng ko‘chalar suvga to‘lib qolmoqda. Har yil ushbu ko‘ngilsizlikni oldini olishga xarkat qilinsada, hozircha natija qoniqarli emas. 

Kiritildi: 10:52 02.10.2019. O'qildi: 3620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!