Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Nahotki? U Melaniya emas: Trampning xotini soxta ekan (foto)

Nahotki? U Melaniya emas: Trampning xotini soxta ekan (foto)

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari AQSh prezidenti Donald Tramp Alamaba shtatiga rasmiy tashrifi chog‘ida turmush o‘rtog‘i Melaniya Tramp bilan emas, balki boshqa ayol bilan kelganligi haqida bahs-munozara qilishmoqda. Ular Trampni turmush o‘rtog‘ini almashtirib qo‘yganlikda gumonlashmoqda.

​AQSh rahbari va uning turmush o‘rtog‘i Alabama shtatiga tornadodan jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurishdi. Ammo ba’zi internet foydalanuvchilari Tramp o‘z rafiqasi Melaniya bilan emas, balki uning qiyofadoshi bilan kelganligini taxmin qilishmoqda.

​Ularning so‘zlariga qaraganda, ayol AQSh birinchi xonimiga qaraganda juda past bo‘yli.

Shuningdek, sinchkov foydalanuvchilar ayolning oyoq kiyimiga e’tibor qaratishdi. Chunki ayol krossovkada kelgan edi. Ular Melaniya Tramp baland poshnali oyoq kiyimlarni kiyishni xush ko‘rishini qayd etishdi.

​Bundan tashqari, uning terisining rangi ham ularda shubha uyg‘otdi.

Twitter᾽da #FakeMelania xeshtegi ostida qizg‘in munozara boshlandi. Soxta Melaniya haqidagi xabarlar 2017 yilda paydo bo‘lgan edi.

 

Kiritildi: 18:02 12.03.2019. O'qildi: 6281 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!