Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Myanmadagi nefrit karyerida yuz bergan ko‘chkida 162 kishi halok bo‘ldi

Myanmadagi nefrit karyerida yuz bergan ko‘chkida 162 kishi halok bo‘ldi

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 8 atrofida Pxakanda yuz bergan. Mavsumiy yomg‘irlar oqibatida 300 metrdan balandroq qoyadan tog‘ jinslari ko‘chkisi yuz bergan. 

Voqea joyida qutqaruv operasiya olib borilmoqda, ko‘chki ostida odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, 54 kishi jarohat olgan, ular shifoxonalarga yetkazilgan. 

Pxakandagi nefrit karyerlarida halokatli ko‘chkilar tez-tez yuz berib turadi. Karyerlar ma’muriyatlari og‘ir texnika ishlovchi karyerlarda xususiy qazib oluvchilar ishlashiga ruxsat beradi. Ular shundoq karyer chekkalarida joylashib, texnika o‘tkazib yuborgan toshlarni izlash bilan shug‘ullanishadi. Aksariyat hollarda aynan ular ko‘chkilar qurbonlari bo‘ladilar.

Kiritildi: 22:39 02.07.2020. O'qildi: 1448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!