Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Muzlatilgan aktivlar YEI davlatlari o‘rtasida taqsimlanadimi?

Muzlatilgan aktivlar YEI davlatlari o‘rtasida taqsimlanadimi?

Evrokomissiya Ukrainaga “reparasion kredit” ajratish uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan moliyaviy kafolatlarni YEI davlatlari o‘rtasida taqsimlashni taklif qildi — Politico.

"Bu kafolatlar Belgiyani Euroclear depozitariysida saqlanayotgan Rossiyaning 185 mlrd yevrolik aktivlarini musodara qilishga ko‘ndirish uchun zarur. Yana 25 mlrd yevro butun YEI bo‘ylab xususiy banklar hisoblarida tarqoq holda joylashtirilgan", deya yozmoqda nashr.

Evrokomissiyaning rejasiga ko‘ra davlatlar quyidagi miqdordagi mablag‘lar uchun kafolat berishi kerak:

◾️ Germaniya – 51,3 mlrd yevro;
◾️ Fransiya – 34 mlrd yevro;
◾️ Italiya – 25,1 mlrd yevro;
◾️ Ispaniya – 18,9 mlrd yevro;
◾️ Niderlandiya – 13,4 mlrd yevro;
◾️ Polsha – 10,3 mlrd yevro;
◾️ Shvesiya – 7,2 mlrd yevro;
◾️ Belgiya – 7,2 mlrd yevro;
◾️ Avstriya – 5,5 mlrd yevro;
◾️ Daniya – 4,9 mlrd yevro;
◾️ Irlandiya – 4,5 mlrd yevro;
◾️ Ruminiya – 4,4 mlrd yevro;
◾️ Chexiya – 3,7 mlrd yevro;
◾️ Portugaliya – 3,3 mlrd yevro;
◾️ Finlandiya – 3,2 mlrd yevro;
◾️ Gresiya – 2,8 mlrd yevro;
◾️ Slovakiya – 1,5 mlrd yevro;
◾️ Vengriya – 1,4 mlrd yevro;
◾️ Bolgariya – 1,2 mlrd yevro;
◾️ Litva – 974 mln yevro;
◾️ Sloveniya – 796 mln yevro;
◾️ Latviya – 449 mln yevro;
◾️ Estoniya – 446 mln yevro.

Kiritildi: Bugun 19:44. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!