Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mutlaq rekord: AQShda bir sutka davomida 90 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

Mutlaq rekord: AQShda bir sutka davomida 90 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

Jon Hopkins universiteti olib borayotgan statistikadan ma’lum bo‘lishicha, 29 oktyabrda AQShda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik rekord yangilanib, 90 mingdan ortiq odamga COVID-19 tashxisi qo‘yildi. Bu koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Payshanba kuni AQShda 91 295 kishining COVID-19 ni yuqtirib olgani aniqlangan. Bundan oldingi rekord o‘tgan shanba kuni qayd etilgan va o‘shanda 88 973 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi.

Virus eng ko‘p tarqalgan mamlakat hisoblanuvchi Qo‘shma Shtatlarda umumiy kasallanganlarning soni 8.94 million kishiga yetdi. Bu mamlakatda oktyabr oyining o‘rtalaridan boshlab virus tarqalishi yana avj oldi.

Shuningdek, AQShda o‘tgan 24 soat davomida yana 1021 kishi koronavirusdan vafot etdi. Bu bilan qurbonlarning umumiy soni 228 625 taga yetdi.

Ayni paytda AQSh koronavirusga chalinganlar va undan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 16:04 30.10.2020. O'qildi: 1551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!