Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Musulmon davlatlar eng kuchli mamlakatlar qatoriga kiritildi

A A A
Musulmon davlatlar eng kuchli mamlakatlar qatoriga kiritildi

Reuters axborot agentligi 25 mamlakat kiritilgan dunyoning “eng kuchli va ta’sir doirasi keng” davlatlari ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Birinchi o‘rin AQShga nasib etgan bo‘lsa, Rossiya ikkinchi qatordan joy oldi. Uchinchi o‘rinda esa Xitoy qayd etildi. Shuningdek, Germaniya va Buyuk Britaniya beshlikka kiritildi.

Mazkur ro‘yxatdan musulmon davlatlar ham joy olgan. Saudiya Arabistoni, BAA, Eron, Turkiya, Qatar, Pokiston va Misr eng kuchli mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi.

Reytingni tuzishda ekspertlar tomonidan davlatlarning siyosati, iqtisodi, harbiy salohiyati, shuningdek, mamlakatning tashqi siyosati, uning mintaqadagi o‘rni va yetakchisining xalq orasida tutgan o‘rniga e’tibor berdilar.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 12:32 12.07.2018. O'qildi: 4736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!