Germaniyalik olimlar mushuklar sayyora ekologiyasiga katta zarar yetkazadi, degan xulosaga kelishdi. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, birgina Germaniyada mushuklar 100 mln qushni o‘ldiradi.
Avstraliyada esa raqamlar bundan-da katta – 300 mln. Mushuklar nafaqat qushlar, balki sudralib yuruvchilar va mayda kemiruvchilarni ham qirishadi. Germaniyaning Der Standard nashri shu statistikani e’lon qildi.
Gap nafaqat yovvoyi, balki xonaki mushuklar haqida ham. Shuning uchun muammoga bir necha yechim taklif qilindi. Birinchi strategiya – mushuklarni murakkab oziqlantirish amaliyoti.
Ikkinchisi – jonivorlar bilan o‘ynash.
Uchinchisi – ularning ozuqasiga tirik oqsillarni qo‘shish. Ammo yuqoridagi uchala strategiya puchga chiqqach olimlar shunchaki mushuklarni ko‘chaga chiqarmaslikni tavsiya qilishdi.