Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Murda bilan ichilgan ichimlik

A A A
Murda bilan ichilgan ichimlik

Mahalliy polisiya do‘stining murdasi bilan 3 kun davomida ichgan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda «GSU»ning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu hodisa Moskvaning Pereslyansk ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda sodir bo‘lgan. Qidiruv ishlariga ko‘ra, uy egasi stol atrofida o‘tirgan mehmonini mast holatda oyog‘i bilan urgani tufayli sodir bo‘lgan.

Shundan so‘ng jabrlanuvchi shu zahotiyoq vafot etgan. Lekin mast holatda bo‘lgan uy egasi ichishda davom etgan. Uch kundan so‘ng gumonlanuvchining xotini jasadni topgan.

Gumonlanuvchi shaxs ustidan inson sog‘ligiga katta zarar yetkazuvchi tan jarohatini yetkazgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi. So‘roq qilish vaqtida gumonlanuvchi shaxs o‘z aybiga iqror bo‘ldi.

 

Kiritildi: 06:32 09.10.2018. O'qildi: 1762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik