Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mundial oldidan Husanov va Shomurodov qay ahvolda?

Mundial oldidan Husanov va Shomurodov qay ahvolda?

Moskvadagi "Lokomotiv" jamoasi tarkibida Rossiya chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokidan nimalar kutayotgani haqida fikr bildirdi.

O‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi

Fabio Kannavaro qo‘l ostida "K" guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.

— Mamlakatda hamma O‘zbekiston terma jamoasini kuzatyapti, — deydi Denisov. — Milliy jamoa ilk bor bunday yirik musobaqaga yo‘l oldi. Hamma juda xursand. Ayrim muxlislar jamoaga e’tiborni oshirish uchun avtomobilda AQShga yo‘l olishdi. AQShda terma jamoa jiddiy qo‘llab-quvvatlanadi. Men o‘sha yerga borganimda, doim yurtdoshlarimizni uchratganman.

— O‘zbekiston guruhdan chiqishga qodirmi?

— Juda xohlardim, lekin bu oson bo‘lmaydi. Umid qilamanki, yigitlar o‘zini qo‘lga olib, yuqori darajada o‘yin namoyish etadi. Kolumbiya — kuchli tarkibga ega, juda og‘ir raqib.

— O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilari hozir optimal holatdami?

— Bu yerda, birinchi navbatda, psixologiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Terma jamoa a’zolarining ko‘pchiligi bu darajadagi musobaqada ilk bor o‘ynaydi. Abduqodir Husanov yosh bo‘lishiga qaramay, milliy jamoaning yetakchilaridan biri. Uning "Manchester Siti"da to‘plagan tajribasi o‘z samarasini beryapti. U jamoaga psixologik jihatdan yordam beradi.

Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev esa o‘zlarining liderlik sifatlarini ko‘rsatishi kerak.

O‘zbekiston terma jamoasi birinchi uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 18 iyun kuni Mexikodagi "Asteka" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 7:00 da boshlanadi.

Ikkinchi turdan o‘rin olgan uchrashuv 23 iyun kuni soat 22:00 ga belgilangan. Unda milliy terma jamoamiz Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan kuch sinashadi.

Guruhdagi oxirgi bahs 28 iyun soat 4:30 da jisomnan baquvvat futbolchilardan tarkib topgan Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Kiritildi: Bugun 17:06. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!