Turkiyaning "Fenerbahche" klubi joriy yozda erkin agentga aylanadigan Muhammad Salohni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakatlarni boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbul grandi Salohning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan va misrlik yulduzga mavsum uchun 17 million funt sterling maosh hamda uch yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Salohga Saudiya Arabistoni klublari va MLS jamoalaridan ham moliyaviy jihatdan juda foydali takliflar bo‘layotganiga qaramay, futbolchining asosiy maqsadi "Liverpul"ni tark etganidan keyin ham Yevropa futbolida qolishdir. "Fenerbahche" esa unga ham kuchli chempionatda o‘ynash, ham yuqori maosh olish imkoniyatini taqdim etmoqda.