Niderlandiyalik islomofob siyosatchi Girt Vilders musulmon mamlakatlardagi noroziliklardan keyin “Muhammad payg‘ambar karikatura tanlovi”ni bekor qildi, deya xabar bermoqda VVS.
Siyosatchi bu qarorini “begunoh insonlar zo‘ravonlikka uchrashining oldini oldini olish uchun” deya izohlagan.
Pokiston hukumati bu tanlovni qoralagan edi. Kuni kecha poytaxt Islomobodda ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi o‘tkazildi.
Afg‘onistonda esa “Tolibon” harakati afg‘on armiyasini NATO tarkibidagi niderlandiyalik harbiylarga hujum uyushtirishga chaqirgandi.
Vildersning iddaosicha, bu hodisalar “Islomning toqatsiz din ekanini yana bir isbotlaydi”. U xavfsizlik nuqtai nazaridan tanlovni parlament binosida o‘tkazmoqchi edi.
Manba: azon.uz