Bu haqda RT ga huquq-tartibot organlaridagi manba ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan.
Bir qator ommaviy axborot vositalari Yevgeniy Bryun firibgarlikda ayblanayotganini ta’kidlamoqda.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi narkolog Bryun ishi bo‘yicha tergovga zaruriy yordam ko‘rsatadi, deb yozadi “RIA Novosti” vazirlik matbuot xizmatiga tayanib.
Departamentda aytilishicha, Brune Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mustaqil psixiatr-narkologi lavozimidan chetlatildi.