Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Moskva viloyatidagi o‘rmonda o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Moskva viloyatidagi o‘rmonda o‘zbekistonlikning jasadi topildi

8 oktyabr kuni Moskva viloyati Lyuberes tumanidagi o‘rmondan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan.

TIV xabariga ko‘ra, avvalroq 2 oktyabr kuni “Tomilinsk elektron zavodi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi” MCHJning ob’ektlaridan birida devor qulashi natijasida hamyurtimiz vafot etgani va tashkilot rahbarlari mazkur holatni yashirishga urinayotgani to‘g‘risida ma’lumot bor edi.

Elchixona shu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy murojaat qilgan va bosh konsul O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migrasiya agentligi vakolatxonasi rahbari bilan birgalikda voqea joyiga borgan edi.

Tergov organlari qidiruv amaliyotlarini olib borgan va marhumning jasadi ob’ektdan 5 km. uzoqlikdan topilgan.

Ayni paytda tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilmoqda.

 

Kiritildi: 12:17 11.10.2019. O'qildi: 3003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!