RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Vashington iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy aloqalarni Ukraina mojarosi hal etilishi bilan bog‘lamoqda, biroq Moskva bunday yondashuvni noto‘g‘ri deb hisoblaydi.
Shuningdek, u Rossiya–AQSh munosabatlarini rivojlantirish uchun Amerika tomonidan ham qadamlar tashlanishi kerakligini ta’kidlab, “Tangoga ikki kishi raqsga tushadi, hozircha amerikaliklar buni istamayapti”, dedi.